2025-yil 25–26 aprel kunlari Toshkent shahrida “ZAMONAVIY INTERVENTSION KARDIOLOGIYA: NAZARIYADAN AMALIYOTGA” mavzusida o‘tkazilgan I xalqaro ilmiy-amaliy sammitda kompaniyamiz faxr bilan ishtirok etdi.

Ushbu nufuzli tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi tibbiy xodimlarning malakasini oshirish markazi tomonidan, interventsion kardiologiya va aritmologiya yo‘nalishidagi yetakchi mutaxassislar ishtirokida tashkil etildi.

Sammitda biz sohadagi eng so‘nggi ilmiy yutuqlar va tajribalar bilan yaqindan tanishish, yetakchi kardiologlar va tibbiyot mutaxassislari bilan fikr almashish imkoniga ega bo‘ldik.
