2025-yil 19–22-avgust kunlari TekGrup Sağlık Hizmetleri tomonidan tibbiy vakillar uchun maxsus treninglar tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar tibbiyot sohasidagi yangiliklar, kompaniya mahsulotlari bilan samarali ishlash, shuningdek, kommunikatsiya va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ldilar.

Treninglar tajribali mutaxassislar tomonidan olib borildi va unda nazariy ma’ruzalar bilan birga amaliy mashg‘ulotlar ham o‘rin oldi. Bu jarayon tibbiy vakillarning kasbiy malakasini oshirish, amaliy tajribalarini boyitish hamda kelgusida faoliyat samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Tek Grup Sağlık Hizmetleri jamoasi uchun bunday o‘quv tadbirlari doimiy ravishda o‘tkazilib borilishi kompaniyaning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur tashabbus mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish, hamkorlikni mustahkamlash va sog‘liqni saqlash sohasida yanada ishonchli yechimlarni taklif etishga qaratilgan.





