Kompaniyamiz dori vositalari distribusiyasi bilan bir qatorda ijtimoiy va madaniy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi. Toshkent Fotosuratlar uyida UTIDning 30 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘z ishini boshladi. “An’anadan kelajakka — san’at” ko‘rgazmasida turkiyalik san’atkorlar Setanay Alpsoy va Emine Solakning asarlari namoyish etilmoqda. Mazkur loyiha milliy va zamonaviy san’at uyg‘unligini namoyon etib, madaniy merosni keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qiladi.

